Tabiiy Fanlar NАZАRIYАSI VА METОDIKАSI

Kurs haqida

Kurs – bu yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash uchun tuzilgan o‘quv dasturi bo‘lib, u o‘quvchilarga ma’lum bir sohada malaka oshirish yoki mutaxassislikka ega bo‘lish imkoniyatini beradi.

Kalit so‘zlar

Kalit so‘zlar – ma’lumot izlash va uni samarali yetkazishning muhim vositasidir. Ular matn yoki kontentning asosiy mazmunini ifodalaydi va foydalanuvchilar uchun qidiruv tizimlarida kerakli natijalarni tez topishga yordam beradi.

Foydali adabiyotlar

Foydali adabiyotlar inson tafakkurini boyitib, bilim va ko‘nikmalarni oshirishga xizmat qiladigan muhim manbalardir. Ular nafaqat kasbiy mahoratni oshirish, balki hayotga bo‘lgan qarashni kengaytirishda ham muhim ahamiyatga ega.

Bu fanni nega tanlash kerak ?

Tabiiy Fanlar Nazaryasi va Metodikasi

Tabiiy fanlar nazariyasi va metodikasi ta’lim jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, o‘quvchilarni atrof-muhitni anglashga, olamning murakkab qonuniyatlarini tushunishga va ularni hayotda qo‘llashga o‘rgatadi. Mazkur fanlarning asosiy maqsadi — tabiat haqidagi ilmiy bilimlarni tizimlashtirish, ularni pedagogik yondashuvlar orqali samarali o‘rgatish va yosh avlodning intellektual salohiyatini rivojlantirishdir. Tabiiy fanlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ko‘p qirrali va integrativ bo‘lib, biologiya, kimyo, fizika, geografiya va boshqa sohalar bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu fanlarni o‘rgatish nafaqat tabiiy jarayonlarning ilmiy asoslarini o‘rgatadi, balki o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, kuzatuvchanlik, muammoni hal qilish qobiliyatlarini ham rivojlantiradi. Shu sababli, zamonaviy ta’lim tizimida tabiiy fanlarni o‘qitishning nazariy va amaliy yondashuvlarini takomillashtirish ustuvor vazifalardan biridir. Mazkur qo‘llanma tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘qituvchi va talabalarga zarur bo‘ladigan ilmiy va metodik yondashuvlarni o‘z ichiga oladi. Unda quyidagi masalalar batafsil yoritilgan: 1.Tabiiy fanlar nazariyasi asoslari: Tabiiy fanlarning umumiy qonuniyatlari, ilmiy asoslari va ularning ta’lim jarayonidagi o‘rni tushuntiriladi. 2.Metodik yondashuvlar: O‘quvchilarni tabiiy fanlarga qiziqtirish, mavzularni tushunarli va qiziqarli qilib taqdim etish uchun interaktiv metodlar va innovatsion texnologiyalar tavsiya qilinadi. 3.Integrativ yondashuvlar: Tabiiy fanlarni boshqa fanlar bilan bog‘lab o‘qitish, ularning o‘zaro aloqadorligini ko‘rsatish metodlari tahlil qilinadi. 4.Amaliy qo‘llanmalar: Tabiiy fanlar bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlari, tajribalar va amaliy ishlanmalarning o‘quv jarayonida tutgan o‘rni haqida tavsiyalar beriladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida tabiiy fanlarni o‘qitish bir qator dolzarb masalalarni yechishni talab qiladi. Jumladan, o‘quvchilarning mavzuga qiziqishini oshirish, ular tomonidan nazariy bilimlarning amaliy hayotda qo‘llanilishini ta’minlash, ekologik ongni shakllantirish va ilm-fanga qiziqishni rivojlantirish bu masalalarning asosiy yo‘nalishlaridir. Ushbu kurs bu kabi vazifalarni hal qilishda o‘qituvchilarga katta ko‘mak beradi. Yaratilgan electron kurs quyidagi guruhlar uchun mo‘ljallangan: •Tabiiy fanlar o‘qituvchilari: Tabiiy fanlarni o‘rgatish bo‘yicha innovatsion yondashuvlarni qo‘llashni istagan pedagoglar. •Oliy ta’lim muassasalari talabalari: Kelajakda tabiiy fanlar o‘qituvchisi bo‘lishni maqsad qilgan talabalar. •O‘quv-uslubiy mutaxassislar: Tabiiy fanlar metodikasini yanada rivojlantirish uchun nazariy va amaliy asoslarni qidirayotgan metodistlar. Tabiiy fanlar nazariyasi va metodikasi zamonaviy ta’limning ilmiy-tadqiqot sohasi bilan uzviy bog‘liq. Shu boisdan, ushbu qo‘llanma nafaqat o‘qituvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, balki ularning pedagogik faoliyatiga amaliy ko‘mak berish maqsadida tayyorlangan. Unda ko‘rsatilgan metodlar va tavsiyalar o‘qitish jarayonida yuqori natijalarga erishishga xizmat qiladi. Ushbu kurs orqali tabiiy fanlarning nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyati yanada chuqurroq ochib beriladi. Qo‘llanmaning ilmiy va metodik qismi o‘quvchilarning bilim va qobiliyatlarini yangi bosqichga olib chiqishga yordam beradi, natijada ta’lim sifatini oshirishga sezilarli darajada hissa qo‘shadi. Yakunida shuni ta’kidlash joizki, mazkur o‘quv qo‘llanma tabiiy fanlarni o‘qitishning zamonaviy yondashuvlarini taqdim etish orqali ta’lim tizimining rivojlanishida muhim o‘rin egallaydi. Qo‘llanma barcha pedagoglar, talabalar va ilmiy tadqiqotchilar uchun ishonchli manba bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur kurs “ Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi” fani dasturi asosida yaratilgan bo‘lib, 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan, unda namunaviy dasturda ko‘rsatilgan mavzularini barchasini olishga erishilgan. Ushbu elektron kursdan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalaridan tashqari, umumta’lim maktab o‘qituvchilari undan pеdagоgika institutlari bakalavriat bоsqichida ta’lim оlayotgan talabalari, hamda Tabiiy fanlar fani bilan qiziquvchilari ham foydalanishlari mumkin.

Ijodkorlik, fantaziya
Kreativlik
Tasavvur
Vizual fikrlash
Assotsiativ fikrlash
Bardoshlilik
Hamkorlikdagi fikrlash
Qiziquvchan ong
Mulohaza yuritish
Kreativ fikrlash

Bekchanova Nilufar Baltaboyevna

Bekchanova Nilufar Baltaboevna 1988-yil Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tuman G‘ozovot qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 2009-2013 yillarda Urganch Davlat universitetining “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi” yo‘nalishi bo‘yicha taxsil olgan. 202013-2016 yillarda Qo‘shkopir tumani 41-son umumta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi, 2020-2022-yillarda Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti “Ta’lim- tarbiya nazariyasi va metodikasi” yo‘nalishi magistranti, 2023-yil Urganch davlant universiteti tayanch doktoranti. Xozirda Urganch davlat universiteti «Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi» kafedrasi o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Bugunga qadar ilmiy jurnal va to‘plamlarda 30 tadan ortiq xalqaro, ilmiy maqola hamda 2 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma va O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi intelektual mulk agentligi tomonidan EXM dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida № DGU 18250 hamda № DGU 36506 raqamli guvoxnomalar olingan. Bekchanova Nilufar Baltaboevna hozirgi kunda 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi tabiiy fanlar ixtisosligi bo‘yicha “Tabiiy fanlarni o‘qitishda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodkorligini shakillantirish metodikasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi (PhD) ustida ish olib bormoqda. Shuningdek u Respuplika va xalqaro miqyosda oʼtkaziladigan anjuman va tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda va bir necha diplom va sertifikatlar bilan taqdirlangan

Bog‘lanish:

Foto Galeriya